JFT-Basic bu
1. Imtihon maqsadi
Yaponiya Fondi tomonidan o‘tkaziladigan Boshlang‘ich yapon tili testi (JFT-Basic) asosan ishlash maqsadida Yaponiyada yashashga kelayotgan xorijlik fuqarolarning kundalik hayotda muloqot qilish uchun zarur yapon tilini bilish darajasini baholashga mo‘ljallangan. Shuningdek, ushbu test “Maxsus malakali ishchi (i)
”, “Ish orqali ko‘nikmalar orttirish
” va "Talaba
*" yashash maqomini olish uchun kerak boʻlgan yapon tilini bilish darajalarini baholash uchun ishlatiladi.
* Yapon tilida taʼlim beradigan o‘quv yurtiga o‘qishga kirish
2. Imtihon subyekti
Ushbu imtihon ona tilisi yapon tili bo’lmagan chet elliklar uchun mo’ljallangan. Ularning ichida ayniqsa, Yaponiyaga ishlash uchun keladigan chet elliklar uchun mo’ljallanadi.
3. Imtihon shakli
JFT-Basic kompyuter orqali imtihon topshiriladigan (CBT: Computer Based Testing) usulida amalga oshiriladi. Har bir mamlakatning imtihon zalida kompyuterdan foydalangan holda savollar beriladi va javoblar belgilanadi. Imtihon payti kompyuter ekranida ko’rsatilgan savollar va naushniklar tomonidan eshittirilgan audio asosida ekranda javob beriladi.

Kompyuter ekranining markazida imtihon savoli, hamda javob variantlari ko’rsatiladi. Shuningdek, ekran chetida bo’lim nomi, imtihon nomi, qolgan vaqt va javoblar holati ko’rsatiladi.


Ushbu imtihonda savollar ingliz tilida ko’rsatiladi. Your Language tugmasini bossangiz, savollarni ona tilingizda (ya’ni mahalliy tilda)* o’qishingiz mumkin.**
Savollarni o’qib vaziyat va holatni tushungan holda savollarga javob bering. Tinglab tushunishda esa, ijro tugmasini bossangiz audio qayta qo’yiladi, 2 martagacha eshitish mumkin. Javob berish paytida javob variantlarini bosing. Tanlangan javobni rangi o’zgaradi.
*Mahalliy til deganda, quyidagilar nazarda tutilgan:
Your Language 1: ingliz tili, xitoy tili, indonez tili, kxmer tili, mongol tili, myanma tili, nepal tili, tay tili yoki vyetnam tili
Your Language 2: o‘zbek tili, bengal tili, laos tili yoki malay tili
**Kompyuter ekranining oʻlchamiga qarab, mahalliy tildagi savol va muammoning qalqib chiquvchi oynadagi tasviri yonma-yon aks ettirilishi mumkin.
- Aloqador ma’lumot
- Imtihon ekranini haqiqatda boshqarish to’g’risida batafsil bilishni hoxlovchilar quyidagiga e’tibor qarating.
4. Imtihon tarkibi
Ushbu imtihon “Yozuv va So’z boyligi”, “Dialog va Iboralar”, “Tinglab tushunish”, “O’qib tushunish” kabi 4 ta bo’limdan tashkil topgan. Ushbu imtihon tarkibi, har bir savollardan ko’zlangan maqsad quyidagi 1-jadvalda keltirilgan.
1-jadval:Imtihon tarkibi va ko’zlangan maqsadi
| Bo’lim | Bo’limdan ko’zlangan maqsad | Kategoriyasi | Kategoriyadan ko’zlangan maqsad |
|---|---|---|---|
| Yozuv va So’z boyligi (taxminan 12 ta savol) |
Kundalik vaziyatlarda ishlatiladigan yapon yozuvlarini o’qiy olishi, asosiy so’z boyligiga egaligi, ulardan foydalana olishi baholanadi. | So’zning ma’nosi | So’zning ma’nosini so’rash |
| So’zning qo’llanilishi | So’zning ishlatilishini so’rash | ||
| Kanjini (ieroglifni) o’qish | Ieroglifda yozilgan so’zning o’qilishini hiraganada so’rash | ||
| Kanjining (ieroglifning) ma’nosi va qo’llanilishi | Ieroglifda yozilgan so’zning ma’nosi va ishlatilishini so’rash | ||
| Dialog va Iboralar (taxminan 12 ta savol) |
Kundalik vaziyatlardagi suhbatlarga zarur bo’lgan grammatika, iboralarni qo’llay olishi baholanadi. | Grammatika | Dialog kontekstiga mos grammatikadan foydalana olishini so’rash |
| Ibora | Dialog kontekstiga mos iboradan foydalana olishini so’rash | ||
| Tinglab tushunish (taxminan 12 ta savol) |
Kundalik vaziyatlardagi dialog va ko’rsatmalarni tinglab ularni tushuna olishi baholanadi. | Mazmunini tushunish (suhbat) | Ma’lumot almashinish va o’zaro do’stona suhbatni eshitib, mazmunini tushuna olganini so’rash. |
| Mazmunini tushunish (do’konlarda va jamoat joylarida muloqot qilish) | Do’kon va jamoat muassasalaridagi suhbatni eshitib,mazmunini tushuna olganligini so’rash. | ||
| Mazmunini tushunish (e’lon va ko’rsatmalarni tinglash) | Ko’rsatma va e’lonlar, ovozli eshittirish kabilarni eshitib, mazmunini tushuna olganini so’rash. | ||
| O’qib tushunish (taxminan 12 ta savol) |
Kundalik vaziyatlardagi xatlar, e’lonlar, tushuntirishlar va boshqalarni o’qib tushuna olishi baholanadi. | Mazmunini tushunish | Xat va xabarlar kabi qisqa va sodda matnlarni o’qib mazmunini tushuna olganini so’rash. |
| Axborotni qidirish | Kundalik reklamalar va e’lonlar taxtalari, axborotnomalardan kerakli ma’lumotlarni izlab topa olishini so’rash. |
Taxminan 50 ta savol beriladi, imtihon topshirish vaqti 60 minut. Har bir bo'lim bo'yicha belgilangan vaqt mavjud emas. Agar bo’lim ichida bo’lsa, hoxlagan payt savollarni ko’rib chiqish, qayta javob berish mumkin. Biroq, keyingi bo’limga o’tilgandan so’ng, oldingi bo’limga qaytib qayta javob berish mumkin emas. Shuningdek, tinglab tushunish bo’limida oldingi va keyingi savollarga o’tish, qayta ko’rib chiqish va qayta javob berish mumkin emas.
5. Yapon tilini bilish darajalarini baholash
Yapon tilini bilishning uch darajasi baholanadi
Ushbu test uning topshiruvchilarining Chet tillarini bilish darajalarini baholashning butunyevropa shkalasi: o‘rganish, o‘qitish, baholash (CEFR)
, Yapon tilini o‘rgatishda qo‘llaniladigan JF standarti (JF Standard)
va Yapon tilini o‘rgatishda tavsiya qilingan standartlariga
muvofiq A1, A2.1 yoki A2.2 (A2) darajasiga yetgan-yetmaganligini aniqlaydi.
Test natijasida 10 dan 250 gacha ball olish mumkin; olingan ballar soni 145 dan 174 gacha bo‘lsa, bu A1 sifatida, 175 dan 199 gacha – A2.1 sifatida va 200 dan 250 gacha – A2.2 (A2) sifatida baholanadi. A2.1 testdan o‘tuvchi A1 darajasiga yetgan va A2.2 (A2) olish uchun harakat qilayotganini bildiradi.
*ESLATMA: 2026-yilning iyul oyigacha JFT-Basic testidan o‘tish natijasida faqat A2.2 (A2) bahosi beriladi, 2026-yilning avgust oyidan boshlab A1 va A2.1 baholari ham beriladi.

Test tarkibida CEFR
va JF Standard
standartlari bo‘yicha A1 – A2 darajasiga mos keladigan Can-do asosidagi savollar mavjud hamda test davomida quyidagi to‘rtta bo‘limda Yaponiyada kundalik hayot vaziyatlarida muloqot qilish uchun kerak boʻlgan yapon tilida gaplashish ko‘nikmalari kompleks ravishda baholanadi: “Yozuv va so‘z boyligi”, “Suhbat va ifoda”, “Og‘zaki nutqni tushunish” va “Oʻqib tushunish”. A1 va A2 darajalari haqida umumiy maʼlumot olish uchun quyidagi 2-jadvalga qarang.
| Daraja | Can-do |
|---|---|
| A2 |
|
| A1 |
|
CEFR bo’yicha umumiy moslashtirilgan daraja: Umumiy shkalasi
6. Imtihon natijasi bo’yicha xabar
Imtihon natijasi bo’yicha imtihon topshirgan nomzodga quyidagicha bildiriladi.
- Imtihon topshiriladigan kuni
- Imtihon yakunlangan paytda ekranga umumiy ball va baholash natijasi ko’rsatiladi.
- Imtihon topshirilgandan so’ng 5 ish kuni ichida
- Baholash natijalari haqidagi rasmiy xabarnoma Prometric veb-saytida
chiqariladi. Kiring va tekshiring. Agar baholash natijalari haqidagi rasmiy bildirishnomaning qog‘oz nusxasi kerak bo‘lsa, uni chop etish mumkin.
Baholash natijalari haqidagi rasmiy bildirishnomada ballarning umumiy soni va unga asoslangan baholash natijalari ko‘rsatiladi. Ballarning umumiy soni faqat to‘g‘ri javoblarning yig‘indisi emas. U “tenglashtirish” deb ataladigan statistik usul yordamida hisoblanadigan shkalalangan ballar sonidir. Ballarning umumiy soni 10 dan 250 gacha bo‘lishi mumkin: olingan ballar soni 145 dan 174 gacha bo‘lsa, bu A1 sifatida, 175 dan 199 gacha – A2.1 sifatida va 200 dan 250 gacha – A2.2 (A2) sifatida baholanadi. Ballarning umumiy soni 145 dan kam bo‘lsa, baholash natijalari ko‘rsatilmaydi hamda * belgisi sifatida ko‘rinadi. Har bir bo‘limdagi to‘g‘ri javoblarning foizi imtihondan o‘tuvchining maʼlumoti uchun beriladi.

Shuningdek, baholash natijalari haqidagi rasmiy bildirishnoma 2-sahifadagi yapon tilini bilish darajasini ko‘rib chiqish yo‘lini tushuntiradi. “5. Yapon tilini bilish darajalarini baholash” bo‘limiga kirib, mazmuni bilan tanishing.
7. Imtihon bo’yicha tushuntirish materiallari
JFT-Basic haqida umumiy ma’lumot berish uchun yuqorida keltirilganlarning mazmunini umumlashtirib slayd shaklida berilgan yapon tilida ma’lumot mavjud. Bemalol yuklab oling va foydalaning.






