O'rganish bo'yicha maslahatlar

Bu yerda JFT-Basic imtihoniga tayyorgarlik ko’rish uchun foydali bo’lgan o’quv materiallari bilan tanishtirib o’tilgan.
Ularning barchasi bepul bo’lib, yapon tilini o’rganishda, foydalanishingiz mumkin.

Irodori - Kundalik yapon tiliExternal link

"Irodori - Kundalik yapon tili" kursi darsligi, chet elliklarning Yaponiyada yashash va ishlash uchun zarur bo'lgan, asosiy yapon tilidagi muloqot ko'nikmalarini egallashlariga mo’ljallangan, o'quv materialidir.
Yaponiya hayoti uchun mos bo'lgan turli vaziyatlar va mavzularni ko’rsatilgan bo’lib, ushbu kurs orqali, amalda qo'llanilishi mumkin bo’lgan yapon tilidagi muloqotni, samarali o'rganish mumkin. Har bir darsning o'quv maqsadlari, “Can-do” ko'rinishida taqdim etilib, ushbu darsni o'rganish orqali, "bajara olish" mumkinligini aniq ko’rsatadi.

Mo’ljallangan darajalar:
A1, A2
Izohlar berilgan tillar:
ingliz tili, yapon tili, xitoy tili, mongol tili, indonez tili, kxmer tili, tay tili, vyetnam tili, myanma tili yoki nepal tili
Irodori - Kundalik yapon tili

Irodori - Yapon tili onlayn kursiExternal link

Ushbu kurs, "Irodori- Kundalik yapon tili kursi” asosida umumiy yapon tilini o'rganishga mo’ljallangan onlayn, kursidir. "O'rganish qismi"da Yaponiya kundalik hayotidagi zarur yapon tilini videolar va boshqalardan foydalangan holda, interaktiv tarzda o'rganish mumkin. "Mashqlar qismi"da, ierogliflar (kanji) va grammatika kabi ishonchingiz komil bo’lmagan joylarni takrorlab, mashq qilishingiz mumkin.
Smartfon, shaxsiy kompyuter va planshetdan foydalanish mumkin bo’lib, orada bo'sh vaqtingizdan foydalanib, istalgan vaqtda, istalgan joyda, yapon tilini o'rganishingiz mumkin.

Mo’ljallangan darajalar:
A1, A2
Izohlar berilgan tillar:
ingliz tili, yapon tili, xitoy tili, mongol tili, indonez tili, kxmer tili, tay tili, vyetnam tili, myanma tili yoki nepal tili
Logo of IRODORI Japanese Online Course click to this page

JF ning “Minato”da yapon tilini elektron o’qitishiExternal link

Bu yapon tili onlayn kurslari taqdim etuvchi Yaponiya Fondi (Japan Foundation) ning yapon tilini o'rganish bo’yicha platformasidir. Ro'yxatdan o'tsangiz, yapon tilini istalgan vaqtda, istalgan joyda, internet orqali o'rganishingiz mumkin. Shuningdek, boshqa yapon tilini o'rganish veb-saytlari va ilovalariga havolalar ham mavjud.

Yapon tili o’rgatuvchilarga

Yaponiya Fondi, o’z ona tilisi yapon tili bo’lmagan chet elliklar uchun yashash huquqini beruvchi sertifikat "Maxsus malakali ishchi" bo’lganda, Yaponiya kundalik hayotida, zarur bo’ladigan asosiy yapon tili muloqotini “Can-do Statement”(“Bajara olish” vazifasini amalga oshirish qobiliyati shaklida) ifoda etuvchi “JF kundalik yapon tili Can-do”ni 2019-yilda taqdim etgan. Bu 2010-yilda e'lon qilingan JF Yapon tili ta'lim standarti falsafasi va fikrlashi asosida, ishlab chiqilgan bo'lib, A1 va A2 darajasining jami 381 ta "Can-do" elementidan iborat.

"Irodori - Kundalik yapon tili" kursi darsligi, “JF kundalik yapon tili Can-do”ning 341 ta elementini qamrab oladi.

Back to top