Ko’p uchraydigan savollar
1. JFT-Basic to'g'risida
- 1-SavolJFT-Basic qanday imtihon?
- Javob
Yaponiya Fondi tomonidan o‘tkaziladigan Boshlang‘ich yapon tili testi (JFT-Basic) Yaponiyada yashashga kelayotgan xorijiy fuqarolarning asosan ish maqsadida, kundalik hayot vaziyatlarida muloqot qilish uchun kerak boʻlgan yapon tilini bilish darajasini baholashga mo‘ljallangan.
Ushbu test uni topshiruvchilarning Chet tillarini bilish darajalarini baholashning butunyevropa shkalasi: o‘rganish, o‘qitish, baholash (CEFR)
, Yapon tilidagi taʼlim standarti (JF Standard)
va Yapon tilini o‘rgatishda tavsiya qilingan standartlarga
muvofiq A1, A2.1 yoki A2.2 (A2) darajasiga yetgan-yetmaganligini aniqlaydi.
JFT-Basic yordamida baholash natijalarini “Maxsus malakali ishchi (i)
”, “Ish orqali ko‘nikmalar orttirish
” va "Talaba
*" yashash maqomiga ariza berish uchun talab etiladigan yapon tilini bilish darajasini tasdiqlash maqsadida ishlatish mumkin.
* Yapon tilida taʼlim beradigan o‘quv yurtiga o‘qishga kirish - 2-SavolJFT-Basic qanday amalga oshiriladi?
- Javob
JFT-Basic, kompyuter orqali imtihon topshiriladigan (CBT: Computer Based Testing) usulida, amalga oshiriladi. Har bir mamlakat imtihon joyida, kompyuterdan foydalangan holda savollar beriladi va javoblar belgilanadi. Imtihon vaqtida, kompyuter ekranida ko’rsatilgan savollar va quloqchinlar yordamida eshittirilgan ovozli audio topshirig’i asosida, ekranda javob beriladi.
- 3-SavolJFT-Basic kim tomonidan tashkillashtirilgan?
- Javob
Yaponiya Fondi (The Japan Foundation)
- 4-SavolJFT-Basic imtihonini kimlar topshirishi mumkin?
- Javob
Ushbu test ona tili yapon tili bo‘lmagan xorijiy fuqarolarga mo‘ljallangan. Batafsil maʼlumot olish uchun Prometric veb-saytiga
tashrif buyuring, chunki har bir mamlakatning ishtirok etish talablari mavjud. - 5-SavolJFT-Basic imtihoni, qachon va qayerda o’tkaziladi?
- Javob
“Test sanalari
” sahifasiga qarang. - 6-Savol:Yashab turgan mamlakatidan turib, boshqa mamlakatda JFT-Basic imtihonini topshirish mumkinmi?
- Javob
Ha. Biroq har bir test markazida barcha tushuntirishlar, ogohlantirishlar, ishlash shartlari va boshqalar test o‘tkazilayotgan mamlakatning tilida yoki ingliz tilida beriladi. Boshqa tillarda yordam olish imkoni mavjud emas. Bundan tashqari, test uchun to‘lovni amalga oshirish usuli turli mamlakatlarda turlicha bo‘lishini yodda tuting.
- 7-SavolJFT-Basic imtihoning ba’zi bo’limlarini topshirish mumkinmi?
- Javob
Yo’q, mumkin emas.
- 8-SavolTestni qayta topshirishim mumkinmi?
- Javob
Agar ballaringizning umumiy soni 199 yoki undan kam bo‘lsa, testni qayta topshirishingiz mumkin. Biroq avvalgi test topshirish sanasi bilan keyingi test topshirish sanasi orasida 45 kunlik oraliq bo‘lishi shart. Ballarining umumiy soni 200 ga yoki undan kattaroq songa yetgan shaxslar testni qayta topshirish huquqiga ega emas.
- 9-SavolYapon tilini bilish daraja imtihoni (JLPT) dan qanday farq qiladi?
- Javob
Yapon tilini bilish darajasi testi (JLPT)
bu – turli taʼlim va tajribaga ega yapon tilini o‘rganuvchilarning yapon tilini bilish darajasini baholash maqsadida ko‘plab turli vaziyatlarni hisobga oladigan kompleks test. U N1-N5 sifatida belgilangan beshta darajadan iborat. Javob varaqalarini optik qurilma yordamida tekshirish usuli qo‘llaniladigan ushbu test Yaponiyada va xorijda (taxminan 90 ta mamlakat va mintaqada) yiliga ikki marta o‘tkaziladi. Test natijalari test o‘tkazilgan sanadan boshlab taxminan ikki oy davomida veb-saytda bo‘ladi va oʻtdi/oʻtmadi bildirishnomasi esa taxminan uch oydan keyin yetkaziladi.
JFT-Basic testi Yaponiyada kundalik hayotda muloqot qilish uchun kerak bo‘lgan yapon tilini bilish darajasini baholashga mo‘ljallangan. U yapon tilini bilishning uchta darajasini baholaydi: A1, A2.1 va A2.2 (A2). Kompyuter yordamida o‘tkazish orqali test odatda Yaponiyada va chet elda (asosan Osiyo mintaqasida) har oy o‘tkaziladi. Test natijalari test o‘tkazilgan kuni eʼlon qilinadi, baholash natijalari haqidagi rasmiy bildirishnoma esa test o‘tkazilgan sanadan boshlab 5 ish kuni ichida beriladi.
Qisqacha aytganda, JFT-Basic asosiy eʼtiborni Yaponiyadagi kundalik hayot vaziyatlariga qaratadigan, ko‘proq test topshirish imkoniyatini beradigan va test natijalari darhol eʼlon qilinadigan testdir. “Maxsus malakali ishchi (i)
”, “Ish orqali ko‘nikmalar orttirish
” va "Talaba
*" yashash maqomlarini olish uchun ariza berayotgan shaxslar JFT-Basic testidan foydalanishlari mumkin.
* Yapon tilida taʼlim beradigan o‘quv yurtiga o‘qishga kirish
2. Imtihon mazmuni to’g’risida
- 1-SavolJFT-Basic bu qanday darajadagi imtihon hisoblanadi?
- Javob
U test topshiruvchilarning Chet tillarini bilish darajalarini baholashning butunyevropa shkalasi: o‘rganish, o‘qitish, baholash (CEFR)
, Yapon tilini o‘rgatishda qo‘llaniladigan JF standarti (JF Standard)
va Yapon tilini o‘rgatishda tavsiya qilingan standartlariga
muvofiq A1, A2.1 yoki A2.2 (A2) darajasiga yetgan-yetmaganligini aniqlaydigan testdir. Batafsil maʼlumot uchun Yapon tilini bilish darajalarini baholash sahifasiga tashrif buyuring. - 2-SavolJFT-Basic imtihonida, qanday topshiriqlar tushadi?
- Javob
JFT-Basic testi to‘rt bo‘limdan iborat: Yozuv va so‘z boyligi, Suhbat va ifoda, Og‘zaki nutqni tushunish va Oʻqib tushunish. Savollar A1-A2 darajalariga mos keladigan “Can-do” (lingvistik kompetensiyaning taʼrifi) topshiriqlari asosida tuziladi va bunda Chet tillarini bilish darajalarini baholashning butunyevropa shkalasi: o‘rganish, o‘qitish, baholash (CEFR)
va Yapon tilini o‘rgatishda qo‘llaniladigan JF standarti (JF Standard)
metodik qo‘llanmalarining yondashuvi qo‘llaniladi. Namunaviy savollar
bo‘limiga qarang. Testga qanday tayyorlanish kerakligi haqida maʼlumot olish uchun Testga tayyorlanish nomli 4-bo‘limdagi “1-savol. Testga qanday tayyorlanishim kerak? O‘quv materiallari bormi?” savoliga berilgan javobni ko‘ring. - 3-Savolimtihonida, dialog shaklidagi savollar (suhbat imtihoni) yoki insho savollari (yozma imtihoni) bo’ladimi?
- Javob
Yo’q, ayni vaqtda ikkisi ham mavjud emas.
- 4-SavolJFT-Basic imtihoni qancha vaqt davom etadi?
- Javob
60 minut
3. Imtihon topshirishga oldindan ro’yxatdan o’tish to’g’risida
Testni topshirish uchun o‘rin band qilish haqida maʼlumot olish uchun Imtihon topshirish jarayoni bo‘limiga qarang. Agar test topshirish uchun o‘rin band qilish haqida savollaringiz bo‘lsa, Prometric mijozlarga yordam markazi
bilan bog‘laning. So‘rov berishdan oldin ham Prometric ro‘yxatdan o‘tish veb-saytidagi Ko‘p beriladigan savollar
bo‘limi bilan tanishing.
Yaponiya fondi na Yaponiyada, na xorijdagi boshqa ofislarida test topshirish uchun o‘rin band qilish bilan shug‘ullanmaydi va o‘rin band qilish bo‘yicha vakil sifatida harakat qilmaydi.
4. Imtihonga tayyorlanish to’g’risida
- 1-SavolQanday o’rganish mumkin? O’quv materiallar mavjudmi?
- Javob
Irodori: Japanese for Life in Japan (Irodori: Yaponiyadagi hayot uchun yapon tili)
darsligi va IRODORI yapon tili bo‘yicha onlayn kurs
veb-sayti o‘rganuvchilarga Yaponiyada kundalik hayotda muloqot qilish uchun kerak boʻlgan yapon tilini bilish darajasiga erishishga yordam berishga mo‘ljallangan o‘quv materiallaridir. Ularda o‘rganish maqsadlari sifatida Can-do bayonotlari (yapon tilini ishlatib nima qila olishingiz) qo‘llaniladi.
Yapon tilini Irodori: Japanese for Life in Japan darsligi va IRODORI yapon tili bo‘yicha onlayn kursi yordamida o‘rganganda, o‘rganish maqsadlaringizga — Yaponiyada kundalik hayot vaziyatlarida yapon tilidan foydalanib nima qila olishingiz — erishish talab etiladi va ularga erishganingizni yoki erishmaganingizni baholash butunlay Can-do bayonotlariga asoslangan bo‘lishi mumkin. Bu Sizni nafaqat JFT-Basic testiga, balki Yaponiya hayotiga ham tayyorlaydi.
Bundan tashqari, "Irodori - Yapon tili onlayn kursi" darsligining "oʻquv kontenti" boʻlimida "Soʻzlar", "Kanji", "Grammatika", "Iboralar", "Tinglash" va "Oʻqish" boblaridan iborat "Takrorlarsh savollari" bor - ular JFT-Basic imtihonining boʻlimlari va toifalariga oʻxshaydi. Shuningdek, uning "Amaliyot kontenti" soʻzlar, kanji, grammatika va iboralar bilan amaliy ravishda mashq qilishga imkon beradi. "Irodori - Yapon tili onlayn kursi" darsligi yuqori darajada amaliy boʻlgan mashqlarni bajarish imkonini berayotganligi uchun biz undan JFT-Basic imtihoniga tayyorlanish uchun foydalanishni tavsiya qilamiz. Qoʻshimcha ma'lumot olish uchun, JFT-Basic imtihoniga tayyorlanishga yordam beradigan oʻquv materiallaridan iborat Oʻrganish boʻyicha maslahatlar sahifasiga qarang. Shuningdek, uning tarkibida haqiqiy imtihon formatiga oʻxshash Savollar na'munasi
mavjud boʻlib, u JFT-Basic nimadan iborat ekanligini tushuntiradi. - 2-SavolJFT-Basic testining A1, A2.1 va A2.2 (A2) darajalariga erishmoqchi bo‘lsam, A1 darajasi uchun Irodori: Japanese for Life in Japan (Irodori: Yaponiyadagi hayot uchun yapon tili) darsligining Boshlovchi (A1) qismini, A2.1 uchun — Tayanch 1 (A2) qismini va A2.2 (A2) uchun Tayanch 2 (A2) qismini o‘rganishim kerakmi?
- Javob
Irodori: Japanese for Life in Japan (Irodori: Yaponiyadagi hayot uchun yapon tili) darsligining Boshlovchi (A1) qismi JFT-Basic testining A1 darajasiga mos keladi. Tayanch 1 (A2) va Tayanch 2 (A2) qismlari A2 darajasidagi darsliklardir. Ushbu ikkita kitobni to‘liq o‘rganib chiqish JFT-Basic testini A2.2 (A2) darajasiga topshirish bo‘yicha yaxshi qo‘llanma bo‘ladi. Tayanch 1 (A2) qismini to‘liq o‘rganib chiqish testni A2.1 darajasi uchun topshirish bo‘yicha yaxshi o‘quv qo‘llanmasi deb hisoblash mumkin.
- 3-SavolIlgari berilgan imtihon topshiriqlari, ommaga ochiq taqdim etiladimi yoki chop etiladimi?
- Javob
Hozirda buni amalga oshirish rejasi yo‘q. Maʼlumot uchun Namunaviy savollar
ham taqdim etildi.
5. Imtihon kuni to’g’risida
- 1-SavolImtihon kuni nimalar olib kelish kerakligi, o’tkaziladigan joyi, imtihon kunidagi qabuldan tortib, imtihon yakunigacha, bo’lgan jarayon haqida savollar mavjud.
- Javob
Testni topshirish kunida nima qilish kerakligi haqida batafsil maʼlumot olish uchun Test topshirish qadamlari
sahifasiga qarang. Nima olib kelish kerakligi, test markazi, ro‘yxatdan o‘tishdan boshlab testning yakunlanishigacha bo‘lgan bosqichlar va boshqa masalalar bo‘yicha savollar bo‘lsa, Prometric mijozlarga yordam markaziga
murojaat qiling. - 2-SavolTest topshirishdan oldin test ekranini tekshira olamanmi va test markazida kompyuterdan qanday foydalanish kerak?
- Javob
Ha, Test topshirish qadamlari
bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Shuningdek, Namunaviy savollar
bo‘limida baʼzi test ekranlaridan foydalanishingiz mumkin.
Test ekranlarini qanday ishlatish haqida batafsil maʼlumot olish uchun quyidagi videoni ko‘ring:
Japan Foundation Test for Basic Japanese (JFT-Basic) bo'yicha boshqarish qo'llanmasi (YouTube)
6. Ballar va natijalar haqida xabar berish to’g’risida
- 1-SavolImtihon natijalarini e’lon qilinishi to’g’risida?
- Javob
Test natijalarida ballarning umumiy soni va ballar soniga asoslangan baholash natijalari ko‘rsatiladi. Ballarning umumiy soni 10 dan 250 gacha: olingan ballar soni 145 dan 174 gacha bo‘lsa, bu A1 sifatida baholanadi, 175 dan 199 gacha – A2.1 sifatida, va 200 dan 250 gacha – A2.2 (A2) sifatida. Ballarning umumiy soni 145 dan kam bo‘lsa, baholash natijalari ko‘rsatilmaydi hamda*belgisi sifatida ko‘rinadi. Qo‘shimcha maʼlumot olish uchun Imtihon natijasi bo’yicha xabar sahifasiga tashrif buyuring.
- 2-SavolHar bir bo’lim bo’yicha, eng kamida ma’lum bir ball to’plash kerak, degan talab bormi?
- Javob
Yo‘q. Til bilish darajasi to‘rtta bo‘limda har tomonlama baholanadi. Shuning uchun, agar ballaringizning umumiy soni yapon tilini bilish darajasi uchun belgilangan oraliqda bo‘lsa, unda ushbu darajaga erishgan deb baholanasiz.
- 3-SavolImtihon natijalarini qachon bilish mumkin?
- Javob
Test topshirish kunida test natijalari (ballarning umumiy soni va baholash natijalari) test topshirilgandan keyin kompyuter ekranida ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, baholash natijalari haqidagi rasmiy bildirishnoma Prometric veb-saytida
test topshirish kunidan boshlab 5 ish kuni ichida eʼlon qilinadi. Kiring va tekshiring. - 4-SavolRasmiy natijalar haqidagi bildirishnomani qanday olish mumkin?
- Javob
Baholash natijalari haqidagi rasmiy bildirishnoma Prometric veb-saytida
test topshirish kunidan boshlab 5 ish kuni ichida eʼlon qilinadi. Veb-sayt tizimiga kiring va tekshiring. Agar Sizga qog‘oz nusxasi kerak bo‘lsa, uni chop etib foydalaning. - 5-SavolImtihon natijalaridan qanday foydalanish mumkin?
- Javob
A1 darajasini “Ish orqali ko‘nikmalarni orttirish
” va "Talaba
*" yashash maqomini olishga ariza berish uchun ishlatish mumkin. A2.1 asosan Ish orqali ko‘nikmalarni orttirish dasturi doirasida ish beruvchini ixtiyoriy ravishda almashtirishga ariza berish uchun ishlatiladi. A2.2 (A2) darajasini “Maxsus malakali ishchi (i)
” yashash maqomini olishga ariza berish uchun ishlatish mumkin.
* Yapon tilida taʼlim beradigan o‘quv yurtiga o‘qishga kirish* QAYD: Sanoat sohasidagi bandlik turiga qarab, yapon tilini bilishning yuqoriroq darajasi talab qilinishi mumkin.
- 6-SavolJFT-Basic testidan “Maxsus malakali ishchi (i)”, “Ish orqali ko‘nikmalarni orttirish” va “Talaba” yashash maqomlaridan boshqa yashash maqomlarini olishga ariza berish yoki ish topish yoki oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kirish uchun foydalanish mumkinmi?
- Javob
Hozirda u “Maxsus malakali ishchi (i)
”, “Ish orqali ko‘nikmalarni orttirish
” va "Talaba
*" yashash maqomlaridan boshqa yashash maqomlarini olishga ariza berish uchun ishlatilmaydi. Boshqa maqom olishga ariza berish uchun kerakli hujjatlar haqida maʼlumot va boshqa axborotni Yaponiya Immigratsiya xizmatlari agentligining
veb-saytidan oling.
JFT-Basic testidan kompaniyalarda, o‘quv yurtlarida va hokazolarda foydalanishga kelsak, tegishli kompaniya/o‘quv yurti bilan bog‘lanib, testdan qanday foydalanish mumkinligini aniqlashtiring.
* Yapon tilida taʼlim beradigan o‘quv yurtiga o‘qishga kirish - 7-SavolImtihon natijalarining amal qilish muddati bormi?
- Javob
JFT-Basic imtihon natijalarining amal qilish muddati mavjud emas. Oldindan ro’yxatdan o’tish veb saytida, imtihon natijalari to’g’risidagi ma’lumotni saqlash muddati 5 yil. Mana shu muddat ichida, oldindan ro’yxatdan o’tish veb saytidan baholash natijalari haqidagi xabarnomani ko’rishingiz mumkin, biroq bu muddatdan o’tib ketsa, baholash natijalari haqidagi xabarnomani ko’ra olmaysiz. Oldindan royxatdan o’tish veb saytida, imtihon natijalari to’g’risidagi ma’lumotni saqlash muddati ichida, chop etib oling.
- 8-Savol2026-yilning iyul oyigacha berilgan baholash natijasi haqidagi rasmiy xabarnomalarni 2026-yilning avgust oyidan e'tiboran ishlatish mumkinmi?
- Javob
Ha. Agar imtihondan 2026-yilning iyul oyigacha oʻtsangiz va olgan ballaringizning soni oʻtadigan ballar soniga (200 ga) teng yoki undan koʻp boʻlsa, xabarnomani yapon tilini bilishning A2.2 (A2) darajasiga erishganingizni isbotlash uchun ishlatishingiz mumkin.
Agar "Employment for Skill Development" rezidentlik maqomini olish uchun ariza berish maqsadida yapon tilini bilishning A1 yoki A2.1 darajasiga erishganingizni isbotlashingiz kerak boʻlsa, imtihondan 2026-yilning avgust oyidan boshlanadigan davrda oʻting - ushbu davrda baholash natijalari haqidagi rasmiy xabarnomalarda A1 va A2.1 sifatida baholangan natijalar koʻrsatiladi. - 9-Savol"Natijalar to'g'risidagi qaror" soxta emasligi yoki o'zgartirilmaganligini, qanday aniqlash mumkin?
- Javob
Yaponiya yoki xorij davlatlari idoralari yoki, ta'lim muassasalari, universitetlari, kompaniyalari va boshqa idoralar tomonidan test natijalariga tegishli bo'lgan so'rovnomalar bo'lsa, Yaponiya Fondi ularga javob beradi.
Natija haqiqiyligini aniqlash bo’yicha ko’rsatmalar uchun Yaponiya Fondiga murojaat qiling.
Murojaatlar: Yaponiya Fondining yapon tili 2-bo'limi
Elektron pochta: jft-basic@jpf.go.jp
(Elektron xabarni yuborish vaqtida, to'liq kenglikdagi @ belgisini, yarim kenglikdagi @ belgisiga o'zgartiring.)
- ※ Murojaatni, yapon yoki ingliz tillarida yozing. Yapon tili yoki ingliz tillaridan tashqari, boshqa tillarda qabul qilinmaydi.
- ※ Telefon orqali murojaatlar, qabul qilinmaydi.
7. Maxsus malakali ishchi (i) va Ish orqali ko‘nikmalarni orttirish dasturlari
Maxsus malakali ishchi (i) va Ish orqali ko‘nikmalarni orttirish dasturlari haqida batafsil maʼlumot olish uchun Yaponiya Immigratsiya xizmatlari agentligining quyidagi veb-saytlariga tashrif buyuring. Shuningdek, malaka testlari va har biri uchun talab etiladigan yapon tilini bilish darajalari haqida maʼlumot olishingiz mumkin.
Maxsus malakali ishchi tizimi haqida maʼlumot olish uchun quyidagi veb-saytga ham kiring. Unda xorijiy fuqarolarga mo‘ljallangan axborot bir nechta tilda beriladi.






