Yaponiya Fondining qo'llab-quvvatlash tizimi

JFT-Basic asoschisi bo’lgan Yaponiya Fondi, nafaqat imtihonlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi, balki yapon tilini o’rganuvchilarning kundalik hayoti hamda mehnat faoliyati uchun zarur bo’lgan yapon tili darajasini o’rganishlari uchun keng qamrovli yordam ko'rsatadi.

JF Kundalik yapon tili Can-do* o'quv materiallarini ishlab chiqish va tarqatish

O’z ona tilisi yapon tili bo’lmagan, chet elliklar uchun yashash huquqini beruvchi sertifikat "Maxsus malakali ishchi" bo’lganda, Yaponiya kundalik hayotda, talab etilgan asosiy yapon tili muloqotini “Can-do Statement”(“Bajara olish” vazifasini amalga oshirish qobiliyati shaklida) ifoda etuvchi “JF kundalik yapon tili Can-do”ni, 2019-yilda taqdim etgan.

Shuningdek, ushbu “JF kundalik yapon tili Can-do”ni o’rgatishga qaratilgan, yangi yapon o'quv materiali "Irodori - Kundalik yapon tili"dir.

Audio fayllar asosida, eshitish va dialog mashqlari, hayotiy voqelikka yaqin materiallarga asoslangan, matn mashqlari yordamida, amaliy yapon tili koʻnikmalarni doimiy ravishda oshirib borish mumkin. Nafaqat JFT-Basicga mo’ljallangan imtihonga tayyorgarlik ko’rish uchun, balki boshlang’ich darajadagi yapon tilini o’rganuvchilar ham keng qamrovda foydalanishlari mumkin.

Mahalliy yapon tili o'qituvchilari uchun trening

Maxsus malakali ishchi tizimidan foydalanib, Yaponiyaga keluvchilar uchun o’tkaziladigan yapon tilini o’rganish faoliyatini qo’llab-quvvatlash, ushbu yapon tili ta’limini amalga oshiruvchi muassasa va tashkilotlarning yapon tili oʻqituvchilari uchun yapon tilini oʻrgatish boʻyicha mahalliy treninglar amalga oshiriladi.

Shuningdek, Xorijiy fuqarolarni qabul qilishga mo‘ljallangan yapon tili o‘qituvchilarini tayyorlash dasturi (O‘qitish usullari)External link dasturini amalga oshiramiz. Ushbu dasturning maqsadi — ularning o‘qituvchilik ko‘nikmalarini yaxshilash va Yaponiyaning jamiyati va madaniyati, mamlakatimizdagi ishlar va masalalar haqidagi bilimlarini chuqurlashtirish. Shuningdek, Xorijiy fuqarolarni qabul qilishga mo‘ljallangan yapon tili o‘qituvchilarini tayyorlash dasturidan (Yapon tili)External link yapon tilini bilish darajasini oshirish va Yaponiyaning jamiyati va madaniyati, mamlakatimizdagi ishlar va masalalar haqidagi bilimlarini chuqurlashtirish koʻzlangan. Ushbu dasturlar doirasida yapon tilini o‘rgatish bilan shug‘ullanadigan muassasa va tashkilotlarning o‘qituvchilari Yaponiyaga taklif etiladi.

Mahalliy yapon tili ta'lim muassasalarini qo'llab-quvvatlash

Kundalik hayot va mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan yapon tilini o’rganish joylarini qo’llab-quvvatlash maqsadida, yapon tili ta’lim muassasalari faoliyatiga ko’maklashish amalga oshirilmoqda.

Biz tegishli mamlakatlarga yapon tili bo‘yicha mutaxassislar va boshqa xodimlarni yuboramiz. Bundan maqsad — JFT-Basic testini tushuntirish va tanishtirish, Yaponiya Fondi tayyorlagan yapon tilini o‘rganishga mo‘ljallangan o‘quv materiallaridan foydalanib, seminarlar o‘tkazish va shu bilan birga qo‘llab-quvvatlanadigan muassasalarda so‘rovlar o‘tkazish.

Shuningdek, xorijdagi yapon tilini o‘rgatuvchi muassasalarga yordam ko‘rsatamiz. Qo‘shimcha maʼlumot uchun Yaponiya FondiExternal link veb-saytiga tashrif buyuring.

Back to top