2026-yilning avgust oyidan boshlab, JFT-Basic testi A1 va A2.1 darajalarini ham baholaydi
"The Japan Foundation Test for Basic Japanese" imtihoni (JFT-Basic) Yaponiyada kundalik hayot holatlarida suhbatlashish uchun kerak yapon tilini bilish darajasini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi. 2026-yilning avgust oyidan boshlab, imtihon joriy A2 darajasidan tashqari A1 va A2.1 darajalarini ham baholaydi.
Ushbu oʻzgarish orqali imtihon, "the Common European Framework of Reference for Languages: Learning, teaching, assessment (CEFR)", JF ta'lim standarti va "Yapon tili ta'limi uchun ma'lumot ramkasi" dasturlariga muvofiq, imtihon topshiruvchilarning A1, A2.1 yoki A2.2 (A2) darajalariga erishgan-erishmaganligini baholaydi. Buning natijasida "Maxsus malakali ishchi" ("Maxsus malakali ishchi (i)") dasturi doirasida qoʻllanilishidan tashqari imtihon 2027-yilning aprel oyida boshlanadigan Employment for Skill Development Program dasturi uchun kerak yapon tilini bilish darajalarini baholash uchun ham qoʻllanilishi mumkin.
JFT-Basic baholaydigan yapon tilini bilish darajalari
| A1 | A2.1 | A2.2(A2) | |
|---|---|---|---|
| 2026-yilning iyul oyigacha | ― | ― | 〇 |
| 2026-yilning avgust oyidan boshlab | 〇 | 〇 | 〇 |

A2.2 (A2) darajasi 2026-yilning iyul oyigacha baholanadigan A2 darajasiga mos keladi.
A2.1 imtihon topshiruvchi A1 darajasiga erishib, A2.2 (A2) darajasiga koʻtarilayotganini koʻrsatadi.
Baholash natijalari haqidagi rasmiy xabarnomaning namunasi
Imtihonda 10-250 ball olish mumkin. Agar 145-174 ball olinsa, tilni bilish darajasi A1 sifatida baholanadi. 175-199 ball olinsa, tilni bilish darajasi A2.1 sifatida baholanadi. Va 200-250 ball olinsa, tilni bilish darajasi A2.2 (A2) sifatida baholanadi.
Ballar soni 145 dan kam boʻlsa, imtihon natijalari koʻrsatilmaydi va * boʻlib koʻrinadi.

Savol va javoblar
- S: Imtihon shakli, imtihon tarkibi yoki imtihon savollarining saviyasi oʻzgaradimi?
- J: Yoʻq.
Imtihon shakli, imtihon tarkibi yoki imtihon savollarining saviyasi haqida batafsil ma'lumot olish uchun JFT-Basic bu sahifasiga, 3. Imtihon shakli, 4. Imtihon tarkibi va 5. Darajalar boʻyicha yoʻriqnoma boʻlimlariga qarang.
- S: A1 va A2.1 sifatida baholangan natijalarni qayerda ishlatishim mumkin?
- J: "Employment for Skill Development Program" dasturiga muvofiq, ishga kirgan paytda odatda A1 yoki undan yuqori darajaga teng yapon tilini bilish darajasi talab qilinadi. A1 sifatida baholangan natijani "Employment for Skill Development" rezidentlik maqomi bilan Yaponiyaga ishlash maqsadida kelish uchun ariza berish paytida ishlatish mumkin.
A2.1 yapon tilini bilishning A1 va A2.2 (A2) darajalari orasida turuvchi daraja sifatida belgilangan. A2.1 sifatida baholangan natija asosan "Employment for Skill Development Program" dasturi doirasida ish beruvchini ixtiyoriy ravishda almashtirish holatlarida qoʻyiladigan talablarga muvofiqliqni tasdiqlash uchun ishlatilishi lozim.
Iltimos, quyidagilarni inobatga oling: ishga kirish yoki ish beruvchini ixtiyoriy ravishda almashtirish paytida talab qilinadigan yapon tilini bilish darajasi "Employment for Skill Development Program" dasturi doirasidagi sohaga bogʻliq boʻlib, yuqorida koʻrsatilgan darajalardan yuqori boʻlishi mumkin (bu hozirda qayta qaralib chiqilyapti).
"Employment for Skill Development Program" dasturi haqida umumiy ma'lumot olish uchun Yaponiyaning Immigratsiya xizmatining veb-saytiga
tashrif buyuring.
- S: 2026-yilning iyul oyigacha berilgan baholash natijasi haqidagi rasmiy xabarnomalarni 2026-yilning avgust oyidan e'tiboran ishlatish mumkinmi?
- J: Ha. Agar imtihondan 2026-yilning iyul oyigacha oʻtsangiz va olgan ballaringizning soni oʻtadigan ballar soniga (200 ga) teng yoki undan koʻp boʻlsa, xabarnomani yapon tilini bilishning A2.2 (A2) darajasiga erishganingizni isbotlash uchun ishlatishingiz mumkin.
Agar "Employment for Skill Development" rezidentlik maqomini olish uchun ariza berish maqsadida yapon tilini bilishning A1 yoki A2.1 darajasiga erishganingizni isbotlashingiz kerak boʻlsa, imtihondan 2026-yilning avgust oyidan boshlanadigan davrda oʻting - ushbu davrda baholash natijalari haqidagi rasmiy xabarnomalarda A1 va A2.1 sifatida baholangan natijalar koʻrsatiladi.
- S: A1 va A2.1 darajalariga erishish uchun nimalarni oʻrganishim kerak?
- A: Irodori - Kundalik yapon tili
va Irodori - Yapon tili onlayn kursi
darsliklari oʻrganuvchilarga Yaponiyada kundalik hayot holatlarida suhbatlashish uchun zarur yapon tilini bilish darajasiga erishishga yordam berishga moʻljallangan boʻlib, “Can-do” oʻquv maqsadlaridan foydalangan holda ishlab chiqilgan.
JFT-Basic shuningdek “Can-do” oʻquv maqsadlariga asoslangan asoslangan kundalik hayotga oid savollarni ham oʻz ichiga oladi.
Demak, yapon tilini "Irodori - Kundalik yapon tili" va "Irodori - Yapon tili onlayn kursi" yordamida oʻrganish hamda “Can-do” oʻquv maqsadlariga erishishga intilish JFT-Basic imtihoniga tayyorlanishga yordam beradi.
Bundan tashqari, "Irodori - Yapon tili onlayn kursi" darsligining "oʻquv kontenti" boʻlimida "Soʻzlar", "Kanji", "Grammatika", "Iboralar", "Tinglash" va "Oʻqish" boblaridan iborat "Takrorlarsh savollari" bor - ular JFT-Basic imtihonining boʻlimlari va toifalariga oʻxshaydi.
Shuningdek, uning "Amaliyot kontenti" soʻzlar, kanji, grammatika va iboralar bilan amaliy ravishda mashq qilishga imkon beradi.
"Irodori - Yapon tili onlayn kursi" darsligi yuqori darajada amaliy boʻlgan mashqlarni bajarish imkonini berayotganligi uchun biz undan JFT-Basic imtihoniga tayyorlanish uchun foydalanishni tavsiya qilamiz.
Qoʻshimcha ma'lumot olish uchun, JFT-Basic imtihoniga tayyorlanishga yordam beradigan oʻquv materiallaridan iborat Oʻrganish boʻyicha maslahatlar sahifasiga qarang.
Shuningdek, uning tarkibida haqiqiy imtihon formatiga oʻxshash Savollar na'munasi
mavjud boʻlib, u JTF-Basic nimadan iborat ekanligini tushuntiradi.





